Fidbol.net

Superliga. «Neftchi» futbolchilari golli uzatmalar reytingida peshqadam

Tahririyat 3
Superliga. «Neftchi» futbolchilari golli uzatmalar reytingida peshqadam

Farg‘onaning «Neftchi» klubi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov O‘zbekiston Superligasining joriy mavsumida golli uzatmalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Tajribali futbolchi hisobida 9 ta assist bor.

Reytingning ikkinchi pog‘onasini ham «Neftchi» vakili Vladimir Yovovich egallab turibdi. Chernogoriyalik futbolchi joriy chempionatda jamoadoshlariga 8 marta gol urish uchun imkoniyat yaratib bergan.

Keyingi o‘rinlarda «So‘g‘diyona» futbolchisi Lyubcho Doriyev va «Lokomotiv» vakili Suhrob Nurulloyev bormoqda. Har ikki futbolchi hisobida 6 tadan golli uzatma mavjud.

Shu tariqa, golli uzatmalar bo‘yicha kuchli to‘rtlikdan ikki nafar «Neftchi» futbolchisi joy olgan. Iskanderov esa eng yaqin ta’qibchisi Yovovichdan bitta assistga oldinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring