Superliga. Bir kishi kam boʻlib qolgan "Nasaf" "Bunyodkor"ni magʻlub etdi
Superliga, 12-tur
"Bunyodkor" – "Nasaf" 1:3
16 iyul 2026 yil. Toshkent, "Olimpiya" stadioni. 20:00
Hakamlar: Gʻayrat Joʻraev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nechoxin, Dias Galiev
VAR: Jasur Muxtorov
AVAR: Islom Azimov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Bekzod Aripov.
Gollar: 1:0 – 5, Bilolxon Toshmirzaev (Dmitriy Pletnyov), 1:1 – 14, Bobir Abdixoliqov (Yusuf Otubanjo), 1:2 – 61, Bobir Abdixoliqov, 1:3 – 64, Yusuf Otubanjo (Murodbek Rahmatov)
"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 4.Najmiddin Normurodov, 6.Boburbek Yoʻldoshev, 8.Dmitriy Pletnyov, 9.Matiya Krivokapich (3.Sardor Rahmonov, 46), 17.Muzaffar Olimjonov, 18.Narimonjon Ahmadjonov (28.Samandarjon Mavlonqulov, 60 (11.Sardor Abdunabiev, 84)), 21.Nosirjon Abdusalomov, 45.Shamsiddin Tursunmuhammadov (20.Abdulfayz Bobomurodov, 68), 66.Azizbek Toʻlqinbekov (10.Amir Toʻraqulov, 68), 77.Bilolxon Toshmirzaev.
Zaxira: 16.Federiko Botti, 27.Islom Anvarov, 81.Abdusamir Ilhomov, 88.Mirkamol Annamatov.
"Nasaf": 1.Abduvohid Ne'matov, 4.Akrom Komilov (2.Alibek Davronov, 90+4), 5.Gʻolib Gʻaybullaev, 7.Adenis Shala (22.Diyorbek Abdunazarov, 80), 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 10.Bobir Abdixoliqov (27.Yashnarbek Berdirahmonov, (90+4), 14.Sharof Muhitdinov (76.Zafar Sa'dullaev, 90+4), 15.Oybek Rustamov (6.Sardor Bahromov, 80), 17.Murodbek Rahmatov, 20.Yusuf Otubanjo, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 3.Mashhurbek Abdisoliev, 23.Dilshod Murtazaev, 32.Quvonchbek Xushvaqtov.
Ogohlantirishlar: Yusuf Otubanjo (57), Muzaffar Olimjonov (77)
Chetlatish: Yusuf Otubanjo (86, ikkinchi ogohlantirish)
90+5' – Uchrashuv yakunlandi! Bosh hakam Gʻayrat Joʻraevning final hushtagi chalindi.
"Nasaf" safarda kechgan qiziqarli va shiddatli bahsda "Bunyodkor" ustidan ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritdi. Ikkinchi boʻlimda Bobir Abdixoliqov va Yusuf Otubanjo tomonidan kiritilgan gollar mehmonlarga muhim 3 ochkoni taqdim etdi. Oʻyin soʻngida qarshiliklar bir kishi kam boʻlib qolishganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olishdi.
Yakuniy hisob: "Bunyodkor" – "Nasaf" – 1:3. Oʻyinni biz bilan birga kuzatganingiz uchun tashakkur!
90+4' – “Nasaf” tarkibida biratoʻla uch oʻzgarish amalga oshirildi.
90' – Uchrashuvning asosiy vaqti oʻz nihoyasiga etdi. Bosh hakam ikkinchi boʻlimdagi toʻxtalishlar va vaziyatlarni inobatga olib, asosiy vaqtga 5 daqiqa qoʻshib berdi. Keyingi daqiqalar ancha shiddatli kechishi aniq!
86' – Qizil kartochka! "Nasaf" maydonda bir kishi kam boʻlib qoldi!
Jamoasining uchinchi goli muallifi Yusuf Otubanjo raqibga nisbatan ishlatgan qoʻpolligi uchun hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochka bilan jazolandi va maydondan chetlatildi. Mehmonlar uchrashuv soʻnggini ozchilik boʻlib oʻtkazishadigan boʻldi.
84' – "Bunyodkor" tarkibida navbatdagi oʻzgarish. Maydonga 60-daqiqadagina tushgan Samandarjon Mavlonqulov zaxiraga olindi. Uning oʻrniga Sardor Abdunabiev uchrashuvning qolgan qismida harakat qiladigan boʻldi.
80' – "Nasaf" tarkibida bir yoʻla ikkita oʻzgarish. Mehmonlar bosh murabbiyi oʻyin tizginini ushlab qolish va tarkibni yangilash maqsadida zaxira kuchlarini maydonga tushirdi:
Oybek Rustamov va Adenis Shala maydonni tark etishdi. Ularning oʻrniga Sardor Bahromov hamda Diyorbek Abdunazarov uchrashuvni davom ettirish uchun maydonga tushirildi.
77' – "Nasaf" futbolchisi Bobir Abdixoliqovning qochib ketishini qoʻpollik bilan toʻxtatib qolgan "Bunyodkor" yarim himoyachisi Muzaffar Olimjonov hakam tomonidan ogohlantirildi va unga sariq kartochka koʻrsatildi.
69' – Xavfli vaziyat! "Nasaf" vakillaridan navbatdagi hujum. Adenis Shala raqib darvozasi tomon olis pastki burchakni koʻzlab kuchli zarba yoʻlladi, biroq "Bunyodkor" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov mahorat koʻrsatib, seyv amalga oshirdi va jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. Burchak toʻpi.
68' – "Bunyodkor" tarkibida bir yoʻla ikkita oʻzgarish. Mezbonlar bosh murabbiyi oʻyinni qutqarish maqsadida zaxiradan yangi kuchlarni maydonga tashlamoqda:
Azizbek Toʻlqinbekov va Shamsiddin Tursunmuhammadov maydonni tark etishdi. Ularning oʻrniga Amir Toʻraqulov hamda Abdulfayz Bobomurodov uchrashuvni davom ettirish uchun maydonga tushishdi.
64' – GOOOOL! "Nasaf" farqni oshirmoqda! 1:3!
Yusuf Otubanjo oʻz mahoratini namoyish etdi! Raqib jarima maydoni ichida toʻpni qabul qilib olgan hujumchi sovuqqonlik bilan harakat qildi – himoyachi Boburbek Yoʻldoshev va darvozabon Abdumavlon Abdujalilovni chiroyli harakat bilan aldab oʻtib, toʻpni boʻsh darvozaga joylab qoʻydi!
61' – GOOOOL! "Nasaf" hisobda oldinga chiqib olmoqda! 1:2!
Bobir Abdixoliqov dublni rasmiylashtirdi! Raqib jarima maydoni ichidagi tartibsizlikdan soʻng, himoyachilardan qaytgan toʻpga birinchi boʻlib etib kelgan Abdixoliqov chap oyoqda erlatib darvozaning olis pastki burchagini aniq nishonga oldi. Darvozabon ojiz qoldi!
60' – "Bunyodkor" tarkibida navbatdagi oʻzgarish. Narimonjon Ahmadjonov maydonni tark etdi, uning oʻrniga Samandarjon Mavlonqulov uchrashuvni davom ettiradigan boʻldi.
57' – Maydonda kutilmagan vaziyat! Bosh hakam Gʻayrat Joʻraev oʻyinni toʻxtatdi va VARdagi hamkasblarining tavsiyasiga koʻra monitor oldiga yoʻl oldi. Vaziyatda Yusuf Otubanjo raqib himoyachisi Narimonjon Ahmadjonovning yuziga tirsagi bilan zarba bergani tasvirlangan boʻlib, ehtimoliy qizil kartochka koʻrib chiqildi.
Monitorni batafsil oʻrganib chiqqan hakam maydonga qaytdi va "Nasaf" hujumchisi Yusuf Otubanjoga sariq kartochka koʻrsatish bilan cheklandi.
50' – "Nasaf" vakillaridan navbatdagi xavfli urinish. Murodbek Rahmatov raqib darvozasi tomon olisdan kuchli zarba yoʻlladi, biroq toʻp darvoza ustunining yonidan oʻtib ketdi.
46' – "Bunyodkor" tarkibida oʻzgarish. Tanaffus vaqtida mezbonlar bosh murabbiyi tarkibni yangilashga qaror qildi: hujumchi Matiya Krivokapich oʻrniga himoyachi Sardor Rahmonov oʻyinga qoʻshildi.
46' – Uchrashuvda ikkinchi boʻlim boshlandi! Gʻayrat Joʻraevning hushtagidan soʻng futbolchilar oʻyinni davom ettirishmoqda. Koʻraylik-chi, ikkinchi 45 daqiqalik bizga qanday sovgʻalarni tayyorlab qoʻygan ekan.
45+2' – Birinchi boʻlim yakunlandi! Hakam Gʻayrat Joʻraev xushtagini chalib, futbolchilarni tanaffusga taklif etdi.
Hozircha hisob durang: "Bunyodkor" – "Nasaf" – 1:1. Birozdan soʻng ikkinchi boʻlim start oladi.
45+1' – "Nasaf" boʻlim soʻnggida hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi. Bobir Abdixoliqov raqib darvozaboni oʻz chizigʻidan oldinga chiqib ketganini koʻrib, toʻpni uning ustidan oshirib darvozaga yoʻllashga harakat qildi, biroq ijroga aniqlik etishmadi – toʻp noaniq ketdi.
45' – Birinchi boʻlimning asosiy vaqti oʻz nihoyasiga etdi. Bosh hakam Gʻayrat Joʻraev birinchi boʻlimga 2 daqiqa vaqt qoʻshib berdi.
41' – "Bunyodkor" vakillaridan hujum. Bilolxon Toshmirzaev oʻng qanotdan markaz tomon faol harakatlanib, raqiblarini ortda qoldirdi va chap oyoqda darvozaga zarba yoʻlladi. "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Ne'matov oʻz oʻrnida ishonchli harakat qilib, toʻpni egallab oldi.
36' – Xavfli vaziyat! Har ikki darvoza oldida ketma-ket shiddatli lahzalar yuzaga keldi.
Avvaliga "Nasaf"ning oʻng qanotdan uyushtirgan hujumidan soʻng jarima maydoniga oshirilgan toʻpni Yusuf Otubanjo darvozaga yoʻlladi, biroq himoyachi toʻp yoʻliga gʻov boʻldi. Bahs shu zahoti mezbonlarning tezkor qarshi hujumiga ulanib ketdi: "Bunyodkor" yarim himoyachisi Nosirjon Abdusalomov qulay vaziyatdan raqib darvozasini nishonga oldi, biroq uning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi!
33' – "Nasaf" jamoasidan navbatdagi xavfli hujum. Sharof Muhitdinov raqib jarima maydoni ichida qulay imkoniyatga ega boʻlgandi, biroq u zarba berishga ulgurmadi – "Bunyodkor" himoyachisi tezkor harakat qilib, toʻpni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak toʻpi.
29' – Bobir Abdixoliqov raqib darvozasini uzoq masofadan oʻqqa tutib koʻrdi, biroq uning yoʻllagan zarbasi ancha noaniq ketdi.
27' – Xavfli vaziyat! "Nasaf" gol urishga juda yaqin keldi. Jarima maydoni ichiga yorib kirgan Bobir Abdixoliqov qulay imkoniyatdan darvozaga kuchli zarba yoʻlladi, biroq toʻp darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi! "Bunyodkor" baxtiga toʻp darvoza chizigʻini kesib oʻtmadi.
24' – Uchrashuv bosh hakami futbolchilarga suv ichib, nafas rostlab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qildi. Havo harorati yuqori boʻlgani sababli jamoalar murabbiylar koʻrsatmalarini tinglab olishmoqda.
23' – "Nasaf" himoyachisi Gʻolib Gʻaybullaev raqib darvozasi tomon olisdan juda kuchli zarba yoʻlladi. "Bunyodkor" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov ishonchli harakat qilib, xavfli zarbani qaytarishga erishdi!
21' – "Bunyodkor" vakillarida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Mezbonlar hujumchisi raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqishi mumkin edi, biroq "Nasaf" himoyachisi Umar Eshmurodov juda ishonchli harakat qilib, xavfni bartaraf etdi.
14' – GOOOOL! "Nasaf" hisobni tenglashtirmoqda! 1:1!
Mehmonlarning tashkil etgan chiroyli kombinatsion hujumi samara berdi. Jarima maydoniga oshirilgan toʻpni Bobir Abdixoliqov darvozaga aniq yoʻllab, muvaffaqiyatli yakunladi va muvozanatni tikladi!
12' – "Nasaf" futbolchilaridan xavfli hujum. Adenis Shala raqib darvozasi tomon olisdan kuchli zarba yoʻlladi, biroq toʻp darvoza toʻsini yuqorisidan oʻtib ketdi.
10' – Maydon markazida qoida buzildi. "Bunyodkor" himoyachisi Azizbek Toʻlqinbekov raqibi Oybek Rustamovga nisbatan qoʻpollik ishlatdi. Hakam oʻyinni toʻxtatib, mehmonlar foydasiga jarima toʻpi belgiladi.
5' – GOOOOL! Mezbonlar uchrashuvda hisobni ochishmoqda! 1:0!
"Bunyodkor" futbolchilari tashkil etgan tezkor qarshi hujum gol bilan yakunlandi. Bilolxon Toshmirzaev toʻp bilan tezkorlikda oldinga intildi va raqib jarima maydoni yaqinidan yoʻllagan aylanma zarbasi bilan darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi! Abduvohid Ne'matov sakrab ham toʻpga eta olmadi, supergol!
1' – Hakam Gʻayrat Joʻraevning hushtagi chalindi va Toshkentdagi "Olimpiya" stadionida uchrashuvga start berildi!
Jamoalar "Olimpiya" stadioni maydoniga chiqib kelishmoqda. Bugungi bahsda mezbonlar – "Bunyodkor" futbolchilari toʻq binafsharang, mehmonlar – Qarshining "Nasaf" jamoasi esa toʻliq qizil libosda harakat qiladi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0