Subimendi "Chelsi"ning transfer nishoniga aylandi
Tahririyat
•
•
3
"Arsenal" Bruno Gimaraes transferidan so‘ng yarim himoyachi Martin Subimendini sotishga tayyor. "Chelsi" ham 2026 yilgi Jahon chempionati g‘olibiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi TEAMtalk.
Manbaga ko‘ra, "Arsenal" 27 yoshli futbolchini 90 million yevroga baholamoqda. "Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso Subimendining fazilatlariga uzoq vaqtdan beri qoyil qolgan. "Ko‘klar" ispaniyalik futbolchini yarim himoyachi Enso Fernandes ketsa, uning o‘rnini bosuvchi sifatida ko‘rishmoqda.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, uning bozor qiymati 75 million yevroni tashkil qiladi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0