Simeone mehmonxona o'zgartirishini tasdiqlamadi
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone jamoaning yangi mehmonxonaga joylashganini uning irimlari sabab bo'lganini inkor etdi.
Ertaga Madrid klubi Chempionlar Ligasi yarim finalida "Arsenal"ga qarshi javob o'yinini o'tkazadi. Madridda o'tkazilgan ilk bahs 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan edi.
Bugun tarmoqlarda Simeonening Londondagi mehmonxona bo'yicha iltimosi haqida ma'lumotlar tarqaldi: u jamoa oktyabr oyida to'xtagan mehmonxonada qolishni istamagan. O'shanda madridliklar turnirning umumiy bosqichida "Arsenal"ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berishgandi.
– Mehmonxonani irim-sirimlar tufayli o'zgartirganingizni eshitdik. Bu haqiqatmi?
– Hozir biz oktyabr oyidagidan ko'ra yaxshiroq holatdamiz. Boshqa mehmonxona arzonroq edi, shu sababli uni o'zgartirishga qaror qildik, – dedi Simeone.
Izohlar 0