Sherki: "Frantsiya Jahon chempionatiga favorit sifatida bormaydi"
"Albatta, biz Klerfontenda va butun mavsum davomida koʻp mehnat qildik. Biroz charchoq bor, lekin maqsad — 16 iyun kuni yaxshi oʻynash. Birinchi boʻlimda toʻpni yaxshi ushlab turdik. Ikkinchi boʻlim qiyinroq kechdi, chunki koʻp oʻzgarishlar boʻldi. Bu bizga diqqatni jamlashga yordam beradigan kichik bir ogohlantirish.
Biz Jahon chempionatiga favorit sifatida bormaymiz, lekin barchani ezib tashlaymiz. Maykl Olise va men bir-birimizni gaplashmasdan ham tushunamiz. Oʻyinni tushunamiz. Bizda ajoyib birlik bor", – dedi Sherki.
Frantsiya Jahon chempionati "I" guruhida Senegal, Iroq va Norvegiya bilan, Kot-d'Ivuar esa "E" guruhida Germaniya, Kyurasao va Ekvador bilan oʻynaydi.
Frantsiya terma jamoasi dushanba kuni JCh-2026 oldidan soʻnggi oʻrtoqlik oʻyinini Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻtkazadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0