Fidbol.net

Oʻrtoqlik uchrashuvida sensatsiya: Ispaniya Iroqni magʻlub eta olmadi

Tahririyat 1
Oʻrtoqlik uchrashuvida sensatsiya: Ispaniya Iroqni magʻlub eta olmadi

Oʻyin La-Korunyadagi “Abanka-Riasor” stadionida boʻlib oʻtdi. Florian Badshtubner bosh hakamlik qilgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakun topdi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Ferran Torres hisobni ochgan boʻlsa, 27-daqiqada mehmonlar himoyachisi Merxas Doski muvozanatni tikladi.

Ispaniya va Iroq terma jamoalari oxirgi marta 2009 yilgi Konfederatsiyalar kubogi doirasida toʻqnash kelishgan edi. Oʻsha oʻyinda Ispaniya termasi 1:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Jahon chempionati oldidan Iroq terma jamoasi Venesuela bilan (10-iyun kuni), ispanlar esa Peru bilan (9-iyun kuni) oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi.

Hozirda Ispaniya terma jamoasi FIFA reytingida 2-oʻrinni egallab turibdi. Iroq milliy terma jamoasi esa ushbu roʻyxatda 57-pogʻonadan joy olgan.

Manba: championat.asia

O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring