Fidbol.net

Navbatdagi sensatsiya: Frantsiya Kot-d'Ivuarga magʻlub boʻldi

Tahririyat 1
Navbatdagi sensatsiya: Frantsiya Kot-d'Ivuarga magʻlub boʻldi

Oʻyin Nant (Frantsiya) shahridagi “Lya Bojuar — Lui Fonteno” stadionida boʻlib oʻtdi. Uchrashuvni avstriyalik bosh hakam Sebastian Gisxamer boshqarib bordi. Unda afrikalik futbolchilar 2:1 hisobidagi gʻalabani tantana qilishdi.

Uchrashuvning 45-daqiqasida yarim himoyachi Rayan Sherki jarima maydonchasi ichidan yoʻllagan zarbasi bilan hisobni ochdi. 53-daqiqada esa afrikaliklar himoyachisi — Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Dezire Duening tugʻishgan akasi Gela Due muvozanatni tikladi. Oʻyinning 84-daqiqasiga kelib, vinger Amad Diallo ivuarliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

JCh-2026 turnirida Frantsiya terma jamoasi "I" guruhidan joy olgan boʻlib, u erda Senegal, Iroq va Norvegiya jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Kot-d'Ivuar esa turnirni "E" kvartetida boshlaydi va Ekvador, Germaniya hamda Kyurasao terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Manba: championat.asia

O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring