Fidbol.net

Sergey Tokov: "Qarshi hujum taktikasi ish berdi"

Tahririyat 3
Sergey Tokov: "Qarshi hujum taktikasi ish berdi"

Oʻyindan keyingi matbuot anjumanida "Xorazm" bosh murabbiyi Sergey Tokov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Oʻyin haqida fikringiz?
- Juda quvnoq bahs guvohi boʻldik. Oʻylaymanki, oʻyin stadionga kelgan muxlislarga yoqdi. Kurashlarga boy oʻyin kechdi. Biz uchun bu bahsga tayyorlashnish ogʻir boʻldi, chunki Superligada birinchi davrani tugatdik va yigitlar xayolan dam olishda. Shunga qaramay yaxshi oʻyin koʻrsatishga harakat qildik. Yigitlarga rahmat, qiyinchilik bilan boʻlsa-da gʻalaba qozondik. Har ikki taymda vaziyatlarga ega boʻldik. Raqib ham yaxshi tasssurot qoldirdi. "FarDU" jamoasiga Kubokda va Proligada omad tilayman.

- Legionerlar bugungi bahsda qanday harakat qildi?
- Ba'zi legionerlarimizda hamon oʻyin qovushmayapti, doim ular bilan gaplashyapmiz. Bugun safimizda uch nafar xorijlik harakat qildi va ularning oʻyinga oʻzlarini bagʻishlashi menga yoqdi. Ammo ishlaydigan jihatlarimiz hali koʻp.

- "Xorazm" jamoasining Oʻzbekiston Kubogidagi maqsadi?
- Birinchi vazifa guruhdan chiqish. Undan keyin nima boʻlishini vaqt koʻrsatadi. Bizda katta vazifa yoʻq, lekin har oʻyinda gʻalaba uchun maydonga tushamiz.

- Bugun jamoangiz qarshi hujumlarda oʻynadi, shunga fikringiz?
- Bilasizmi, raqib oʻyin uslubidan kelib chiqib harakat qilmaymiz, balki oʻz oʻyinimizni koʻrsatishga harakat qilamiz. Birinchi taymda har ikki jamoa xatolarga yoʻl qoʻydi. Tanaffusdan keyin raqib koʻproq hujum uyushtirdi va biz qarshi hujum taktikasini tanladik. Bu esa ish berdi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring