Fidbol.net

Sergey Lebedev: "Har bir oʻyinga soʻnggi uchrashuvni oʻtkazayotgandek maydonga tushamiz"

Tahririyat 5
Sergey Lebedev: "Har bir oʻyinga soʻnggi uchrashuvni oʻtkazayotgandek maydonga tushamiz"

– Oʻyin haqidagi fikrlaringiz qanday?

– Oʻyin, ehtimol, barchaga manzur boʻldi. Yaxshi uchrashuv oʻtkazildi. Eng asosiysi – biz bugun gʻalaba qozondik, oʻz xarakterimizni va mustahkam irodamizni namoyish eta oldik. Men, birinchi navbatda, yigitlarga oʻzimning minnatdorchiligimni bildiraman. Ushbu uchrashuvga tashrif buyurgan barcha muxlislar, shubhasiz, oʻyindan rozi boʻlishdi. Birinchi boʻlimga toʻxtaladigan boʻlsak, ha, biroz qiyinchilik tugʻildi. Ikkinchi boʻlimga esa yuqori kayfiyat, kuchli ishtiyoq va fidoyilik bilan chiqdik hamda, eng asosiysi – maqsad qilingan natijaga erishdik.

– Oʻzingiz ta'kidlab oʻtganingizdek, jamoaga birinchi boʻlimda ham ikkinchi boʻlimdagi kabi oʻynashga nima toʻsqinlik qildi? Yoki ular buni uddalay olishmadimi?

– Bu vaziyatda oʻzimizning ham xatolarimiz kuzatildi. Xususan, oldingi chiziqda toʻp nazorati etarli darajada boʻlmadi. Biroq, umuman olganda, raqiblar hech qanday xavfli vaziyat yarata olishmadi. Biz hattoki oʻzimizning xatomiz tufayli gol oʻtkazib yubordik. Aks holda, ular birinchi boʻlimda birorta ham xavfli vaziyat yarata olishmas edi. Toʻgʻri, ular toʻpga koʻproq egalik qilishdi, lekin bu baribir asosiy koʻrsatkich emas. Biz shunchaki toʻgʻri taktikani yoʻlga qoʻydik va kerakli natijaga erishdik. Yana bir bor ta'kidlayman, birinchi navbatda, yigitlardan minnatdorman.

– Navbatdagi turga oid soʻnggi savolim: Toshkentda "Gʻazalkent" jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda qanday harakat qilmoqchisizlar?

– Biz har bir oʻyinga, xuddi soʻnggi uchrashuvdek, faqat gʻalaba qozonish maqsadida maydonga tushamiz. Oldimizda boshqa hech qanday vazifa yoʻq. Maqsadimiz – faqat gʻalaba.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring