Fidbol.net

Materatstsi, Boateng, Kuarejma, Sneyder va Oskar Toshkentga keladi!

Tahririyat 5
Materatstsi, Boateng, Kuarejma, Sneyder va Oskar Toshkentga keladi!

“Oʻzbekiston futzal federatsiyasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi millionlar oʻyini ishqibozlarini unutilmas sport bayramiga chorlaydi.

2 sentyabr | 18:00

“Humo Arena”

Futzal boʻyicha Oʻzbekiston Superkubogi — 2026

BMB – SQB

Superkubok bahsi nafaqat nufuzli sovrin uchun kurash, balki jahon va oʻzbek futboli afsonalari ishtirokidagi katta sport shousi bilan ham yodda qoladi!

3 sentyabr | 18:00

“Bunyodkor” stadioni

Jahon futboli afsonalari – Oʻzbek futboli afsonalari

Yaqin oʻtmishning yashil maydon afsonalari Toshkentda bir maydonda jam boʻladi.

4 nafar jahon chempioni, 1 nafar vitse-chempion, 3 nafar Amerika Kubogi sohibi, Evropa chempioni va vitse-chempionlari, UEFA Chempionlar Ligasi gʻoliblari ishtirokidagi tarixiy uchrashuvga birgalikda guvoh boʻlamiz.

Va bu hali hammasi emas...

Tadbir tashkilotchilarining yana bir sirli syurprizi bor! Toshkentga yana bir nafar jahon chempioni hamda “Oltin toʻp” sohibi tashrif buyurishi kutilmoqda!

Sirli mehmonning kimligini topgan muxlislarimiz uchun ham qimmatbaho sovgʻalarimiz bor. Sovgʻalarni qoʻlga kiritish tartibi haqida alohida post qoʻyamiz!”, – deyiladi Futzal federatsiyasi matbuot xizmati xabarida.

Jahon futboli afsonalari tarkibida:

Darvozabon: Julio Cesar

Himoyachilar: Marko Materatstsi, Jerom Boateng, Michel Salgado, Kristian Zakkardo

Yarim himoyachilar: Esteban Kambyasso, Rikardu Kuarejma, Uesli Sneyder, Oskar

Hujumchilar: Kevin Kurani, Vinchentso Yakvinta

2.jpg

“Oʻzbekiston futzal federatsiyasi hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu bayram tadbirlari uchun chiptalar tez orada “Humo Arena” va “Bunyodkor” stadioni kassalarida tarqatiladi.

Bir muxlisga 2 dona chipta beriladi”, – deya qoʻshimcha qilinadi xabarda.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring