Fidbol.net

Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi Jota nomini baqirgan muxlislarning harakatlarini qoraladi

Tahririyat 3
Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi Jota nomini baqirgan muxlislarning harakatlarini qoraladi

Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi sobiq «Liverpul» va Portugaliya terma jamoasi qanot hujumchisi Diogu Jotaning nomini baqirgan muxlislarning harakatlarini qoralab, rasmiy bayonot berdi. Milliy chempionatning 7-turidagi «Al-Taavun» — «Al-Hilol» (0:6) uchrashuvi vaqtida mezbonlarning bir nechta muxlisi mehmonlar yarim himoyachisi Ruben Neveshni provokasiya qilish maqsadida Jotaning nomini baqirgan.

«Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi va Saudiya Arabistoni Professional ligasi “Al-Taavun” va “Al-Hilol” o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida ayrim muxlislar tomonidan sodir etilgan nomaqbul xatti-harakatlarni qoralaydi. Yuz bergan holat Saudiya futboli qadriyatlari va sport mahorati tamoyillariga zid.

Fojialardan provokasiya maqsadida foydalanish nomaqbul xatti-harakat ekanini va Saudiya futbolida bunday holatlarga o‘rin yo‘qligini ta’kidlaymiz. Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi tegishli qo‘mitalar amaldagi qoidalar va tartib-taomillarga muvofiq zarur choralarni ko‘rishini tasdiqlaydi. Jarayon yakunlanganidan so‘ng natija e’lon qilinadi», — deyiladi Saudiya Arabistoni futbol federasiyasining rasmiy bayonotida.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring