«Kalyari» Maldinining YTXdan keyin alkogol testidan o‘ta olmagani haqidagi xabarlarni rad etdi
Tahririyat
•
•
4
«Kalyari» futbolchisi Daniel Maldini yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Matbuotda 25 yoshli futbolchi alkogol, shuningdek, dastlabki narkotik testidan o‘ta olmagani haqida xabarlar tarqalgan edi. «Kalyari» endi bu ma’lumotlarga oydinlik kiritdi.
«Matbuotda tarqalgan xabarlar paydo bo‘lganidan so‘ng “Kalyari” shuni ma’lum qiladiki, futbolchi Daniel Maldini toksikologik tekshiruvlardan o‘tdi. O‘tkazilgan barcha tahlillar manfiy natija ko‘rsatdi», — deyiladi klub bayonotida.
«Kalyari» shuningdek, Daniel Maldini dushanba kuni jamoa bilan mashg‘ulotlarni qayta boshlashini ma’lum qildi.
Ayni paytda «Kalyari» Italiya A Seriya jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0