Fidbol.net

Sanjar Asqaraliev: "Neftchi" kecha oʻziga oʻxshamadi"

Tahririyat 12
Sanjar Asqaraliev: "Neftchi" kecha oʻziga oʻxshamadi"

Kecha boʻlib oʻtgan "Neftchi" — "Navbahor" uchrashuvi yuqorigi maqomga mos tarzda shiddatli ruhda oʻtdi (1:1). Tabiiyki, bunday toʻqnashuvlar mutaxassislarda ham iliq taassurot qoldirdi. Oʻz vaqtida ikki jamoada toʻp tepgan Sanjar Asqaraliev bu borada xulosalarini bildirdi.

“Kecha haqiqiy vodiy derbisini koʻrdik. 90 daqiqa davomida barchani hayajonda ushlab turdi. Stadiondagi bunday ajoyib muhitda rohatlanib futbol koʻrdik”, — deydi Sanjar Asqaraliev.

Sizningcha, natija oʻyinga mos boʻldimi?

— Natijaga kelsak, ikki jamoada ham vaziyatlar koʻp sodir etildi. Ochigʻini aytganda bu derbida darvozabonlar qahramonga aylandi. Oʻtkir Yusupov ham, Botirali Ergashev ham koʻp vaziyatlarda qutqardi.

— “Navbahor”ga nima etishmayapti?

Fikrimcha, "Navbahor"ga barqarorlik etishmayapti. Deylik kecha, oldin "Paxtakor" bilan qanday oʻynadi? OKMK, "Qizilqum" bilan esa boshqa oʻyin boʻldi. Yangi futbolchilarga biroz vaqt kerak deb oʻylayman. Barqarorlikka chiqib olsa, jamoa oʻz oʻrnini topib oladi.

— “Neftchi”ning koʻrsatgan oʻyini haqida nima deya olasiz?

— "Neftchi" aynan barqaror jamoaga aylandi. Har bir pozitsiyada tajribali nomlar bor. Lekin kecha jamoa oʻziga oʻxshamadi. Xatolar koʻp kuzatildi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring