Fidbol.net

Rubin Xebay yana jamoasini oʻzgartirdi

Tahririyat 2
Rubin Xebay yana jamoasini oʻzgartirdi

Joriy mavsum boshida Qozogʻistonning "Tobol" klubiga koʻchib oʻtgan forvard Albaniyaning "AF Elbasani" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu 27 yoshli hujumchining oxirgi ikki yil ichidagi toʻrtinchi klubiga aylandi.

Ma'lumot uchun, Xebay 2023 yilgi mavsumda "Andijon" tarkibida porlab chiqib, Superliga toʻpurarlari qatoridan joy olgandi. Shundan soʻng u Saudiya Arabistonining "Al Oruba" klubiga yoʻl oldi, keyinchalik Tunisning "Sfaksen" klubi a'zosiga aylandi. 2025 yilgi mavsumni esa "Nasaf" hamda "Soʻgʻdiyona" jamoalari libosida oʻtkazdi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring