RPL. "Rubin" 15-daqiqadanoq oʻn kishi boʻlib qolgan TsSKAni magʻlub etolmadi, Oʻrozov toʻliq oʻynadi
Tahririyat
•
•
2
Mehmonlar safida oʻzbekistonlik himoyachi Jahongir Oʻrozov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va toʻliq harakat qildi. Hamyurtimiz 90+2 daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.
Oʻyinning 6-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Ivan Oblyakov penaltidan hisobni ochdi. Moskvaliklar 15-daqiqada esa Mateus Reisning chetlatilishidan soʻng bir kishi kam boʻlib qolishdi. “Rubin” 58-daqiqada Anderson Arroyoning goli evaziga hisobni tenglashtirdi.
“Rubin” RPLda 8 oʻyindan soʻng 11 ochko jamgʻargan holda sakkizinchi oʻrinda bormoqda.

Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0