"Galatasaroy" Rossiya termasi futbolchisini 25 million evroga sotib oldi
Tahririyat
•
•
5
Tomonlar 21 yoshli Rossiya terma jamoasi futbolchisining transferi boʻyicha kelishuvga erishganini rasman e'lon qildi.
Xabarlarga koʻra, "Lokomotiv" Batrakov transferi uchun 25 million evro oladi. Ushbu mablagʻ ikki yil davomida toʻlab beriladi. Shuningdek, shartnomada yana 4 million evro bonuslar koʻzda tutilgan.
Batrakovning "Galatasaroy"dagi maoshi bonuslar bilan birga mavsum uchun 4 million evrodan ortiq boʻladi.
Shuningdek, futbolchining Evropaning boshqa klublari uchun belgilangan tovon puli 55 million evroni tashkil etadi.
Batrakov joriy mavsum Rossiya Premer-ligasida 4 ta uchrashuv oʻtkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0