Fidbol.net

FIFA va UEFA Rossiyani turnirlarga qaytarishni hozircha rejalashtirmayapti

Tahririyat 5
FIFA va UEFA Rossiyani turnirlarga qaytarishni hozircha rejalashtirmayapti

Rossiya terma jamoalari va klublari 2022-yildan beri FIFA va UEFA shafeligidagi musobaqalardan chetlatilgan.

Avvalroq, Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) Rossiya olimpiya qoʻmitasi (ROK) huquqlarini vaqtincha tiklaganidan soʻng, Xalqaro futbol federatsiyasi Rossiya jamoalariga nisbatan qoʻyilgan taqiqni olib tashlash imkoniyatini muhokama qilishi haqida xabar berilgandi.

Endi XOQning bu qadamini qanday talqin qilish har bir sport federatsiyasining oʻz ixtiyorida qolmoqda.

The Telegraph ma'lumotlariga koʻra, FIFA va UEFA hozircha rossiyalik klublar va milliy terma jamoalarga nisbatan xuddi shunday choralarni koʻrishni rejalashtirmayapti.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring