Fidbol.net

Rossiya. "Rubin" va "Axmat" RPLning 7-tur oʻyinida durang oʻynashdi

Tahririyat 18
Rossiya. "Rubin" va "Axmat" RPLning 7-tur oʻyinida durang oʻynashdi

Jamoalar durang oʻynashdi — 1:1. Uchrashuv Qozondagi "Ak Bars Arena" stadionida boʻlib oʻtdi. Bosh hakam sifatida Saransklik Evgeniy Bulanov ishladi. Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Jahongir Oʻrozov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va bahsda toʻliq ishtirok etdi.

"Rubin" — "Axmat" 1:1
Gollar: Sive 26 - Kasintura 56.

"Ak Bars Arena". 21:30

"Rubin": 38.Staver, 51.Rojkov, 13.Jahongir Oʻrozov, 2.Teslenko, 98.Lobov, 12.Arroyo, 22.Xodja, 77.Yukich, 71.Samoshnikov, 23.Bezrukov, 45.Sive.

Zaxira: Nigmatullin, Korets, Maldonado, Nijegorodov, Vuyachich, Ignatev, Gritsaenko, Kabutov, Ivu, Yochich, Nacho, Motorin.

26-daqiqada Jak-Jyulen Sive penaltini aniq amalga oshirib, qozonliklarni oldinga olib chiqdi. 56-daqiqada Egash Kasintura hisobni tenglashtirdi.

"Rubin" ettita oʻyin yakunlariga koʻra 10 ochko jamgʻarib, turnir jadvalida sakkizinchi oʻrinni egallab turibdi. "Axmat" esa 11-oʻrinda bormoqda. Grozniyliklar hisobida etti ochko bor.

Rossiya chempionatida "Krasnodar" (19 ochko) peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi oʻrinni TsSKA (15) egallagan, etakchilar uchligini Moskvaning "Dinamo" (13) klubi yakunlab bermoqda.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring