Ronaldu va Jorjina yopiq marosimda turmush qurishdi
Tahririyat
•
•
5
Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges rasman er-xotin bo‘lishdi. Futbolchi qo‘llaridagi uzuklar aks etgan fotosuratni joylashtirdi va sevishganlar ismlarining dastlabki ikki harfini yozib qoldirdi.
SIC Noticias xabariga ko‘ra, Krishtianu va Jorjina 11 avgust kuni Portugaliyaning Kashkaysh kurort shahrida o‘tkazilgan yopiq marosimda oila qurishdi. Marosimda yulduzli juftlikning farzandlari ishtirok etgani qayd etilgan. Boshqa tafsilotlar hozircha mavjud emas.
Manba Ronaldu va Rodriges unashtirilganidan rosa bir yil o‘tib to‘y qilishganini ta’kidlamoqda.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0