Fidbol.net

Romano "Liverpul"ning yangi bosh murabbiyi nomini ma'lum qildi

Tahririyat 1
Romano "Liverpul"ning yangi bosh murabbiyi nomini ma'lum qildi

Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano oʻzining X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida xabar bermoqda.

Uning soʻzlariga koʻra, klub rahbariyati ispaniyalik mutaxassisni bosh murabbiylik lavozimiga yagona nomzod sifatida koʻrmoqda va bitimni yaqin vaqt ichida yakunlashga umid qilmoqda.

Manbaning ma'lumotlariga koʻra, tomonlar hamkorlik shartlarini allaqachon kelishib olishgan, shartnoma esa 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi.

43 yoshli mutaxassisning oxirgi klubi "Bornmut" boʻldi va u ushbu mavsum yakunida jamoani tark etdi. Iraola qoʻl ostida "olchalar" 57 ochko jamgʻarib, turnir jadvalida oltinchi oʻrinni egallashdi. "Liverpul" esa 60 ochko bilan beshinchi oʻrindan joy oldi. Ispaniyalik murabbiy "Bornmut"ni 2023 yilning yozidan beri boshqarib kelayotgan edi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring