"Liverpul"ning asosiy futbolchisi yozda tekinga ketadi, tomonlar shartnoma borasida kelisha olishmadi — Djeykobs
Tahririyat
•
•
8
Insayder Ben Djeykobsning X ijtimoiy tarmogʻida xabar berishicha, aprel oyida futbolchi kelishuv yakunlanish arafasida ekanligini aytgan boʻlsa-da, "Liverpul" va Konate bir qarorga kela olishmagan.
Konate 2021 yilning yozidan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. U ingliz klubiga Germaniyaning "RB Leyptsig" jamoasidan oʻtgan edi. OAV ma'lumotlariga koʻra, transfer summasi 40 mln evroni tashkil qilgan.
2025/2026 yilgi mavsumda himoyachi mersisaydliklar tarkibida barcha turnirlarda 51 ta oʻyinda maydonga tushdi. U oʻz hisobiga ikkita gol yozdirib qoʻydi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0