Jo Koul: "Arne Slot yana bir imkoniyatga loyiq"
"Hozir klubga osoyishta yoz kerak. Ular oʻtgan yili Ekitikeni sotib olishdi – bilaman, u uzoq vaqtga safdan chiqqan. Isakka haqiqiy salohiyatini ochib berishda yordam kerak, Virtts esa jamoada yana bir yil oʻynasa, oʻzini yanada koʻproq koʻrsatadi. Ular yarim himoyada muvozanat topishi va oʻng qanot himoyachisi masalasini hal qilishi kerak.
Ammo klub Arne Slotga shunchaki vaqt berishi kerak, u ishlasin. Bu mavsumda klubda boʻlgan voqealarni, jarohatlar va Diogu Jotaning fojiasini hisobga olsak, bularning barchasi bir yil uchun koʻplik qiladi.
Keling, haqiqatni tan olaylik: Arne Slot ikki mavsumdan birida Premer-ligada gʻolib boʻldi. Bu Yurgen Kloppning shu vaqt ichidagi natijasidan ancha yuqori. Shuning uchun u qolishga va yana bir imkoniyatga ham loyiq. Menimcha klub Arne bilan ishlashda davom etadi", – dedi "Liverpul" sobiq yarim himoyachisi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0