Fidbol.net

«Real» Vinisiusni bir shart bilan sotishga tayyor

Tahririyat 4
«Real» Vinisiusni bir shart bilan sotishga tayyor

Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Avvalroq «Arsenal» braziliyalik futbolchi uchun 150 million yevro taklif qilishga tayyor ekani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Aytilishicha, bu summa «Real»ni qoniqtiradi.

Biroq bundan avval madridliklar Vinisius bilan yana bir bor muzokara o‘tkazmoqchi. Unga klub shartlari asosida yangi shartnoma imzolash taklif etiladi.

Manbaga ko‘ra, Vinisius esa yangi bitimda o‘zining «Real»dagi o‘rni va klub muvaffaqiyatlariga qo‘shgan hissasi inobatga olinishini istamoqda. Shu bois u yuqoriroq maosh talab qilmoqda.

Agar tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, «Real» futbolchini 150 million yevro evaziga sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.

Avvalroq «Manchester Siti» yarim himoyachilaridan biri ham Angliyaning boshqa klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring