Fidbol.net

«Real» Pas uchun «Inter»dan 70 mln yevro olmoqchi

Tahririyat 8
«Real» Pas uchun «Inter»dan 70 mln yevro olmoqchi

Avvalroq «Real» 21 yoshli yarim himoyachini «Komo»dan 9 million yevroga qayta sotib olishi ma’lum bo‘lgan edi. «Komo»da dushanba kunigacha futbolchini 60 million yevroga qaytarib olish imkoniyati bo‘ladi, biroq klub undan foydalanmaydi.

«Sky Sport» nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, «Inter» allaqochon argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda. «Madrid» uning sotuvidan taxminan 70 million yevro ishlab olmoqchi, ammo milanliklar ushbu narxni pasaytirish bo‘yicha muzokara olib borishga harakat qilishadi.

Qayd etilishicha, «Inter» xo‘jayinlari Pasning o‘yinini yuqori baholashmoqda va ushbu transferni to‘g‘ri sarmoya deb hisoblashadi.

A Seriyaning ortda qolgan mavsumida Niko 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring