Fidbol.net

«Real» Messi va uning oilasiga ta’ziya izhor qildi

Tahririyat 3
«Real» Messi va uning oilasiga ta’ziya izhor qildi

Madridning «Real» klubi Lionel Messining otasi Xorxe Messining vafoti munosabati bilan unga hamdardlik bildirdi.

Ispaniya klubi rasmiy bayonot e’lon qilib, unda argentinalik futbolchi, uning oilasi va yaqinlariga ta’ziya bildirdi.

— «Real Madrid», klub prezidenti va direktorlar kengashi Leo Messining otasi Xorxe Messining vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘uda. Klubimiz Leoga, uning oilasi va barcha yaqinlariga hamdardlik bildiradi, — deyiladi Madrid klubi bayonotida.

Xorxe Messi uzoq yillar davomida o‘g‘lining manfaatlarini himoya qilib, uning faoliyati bilan bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanib kelgan. Uning vafoti haqida bugun, 8 avgust kuni ma’lum bo‘ldi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring