«Real» «Benfika»ga 15 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi
Klub prezidenti saylovlarigacha yangi bosh murabbiy Joze Mourinyu bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega bo‘lmagan Madridning «Real» klubi qo‘shimcha xarajatlarga duchor bo‘lmoqda. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Dastlab Mourinyuning «Benfika» bilan kelishuvida taxminan 6 million yevro miqdoridagi tovon puli opsiyasi belgilangan edi. Biroq bu summa mavsum tugaganidan keyin 10 ish kuni davomida amal qilgan. Endi esa madridliklar 9 million yevro ko‘proq to‘lashga majbur bo‘lishadi.
«Real» prezidenti saylovlari 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu lavozimga ikki nomzod da’vogarlik qilmoqda — Cox Energy energetika kompaniyasi rahbari Enrike Rikelme va klubning amaldagi rahbari Florentino Peres.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0