Fidbol.net

Ronaldu JCH-2026 uchun Portugaliya terma jamoasi safiga qo‘shildi

Tahririyat 5
Ronaldu JCH-2026 uchun Portugaliya terma jamoasi safiga qo‘shildi

Krishtianu Ronaldu jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Portugaliya terma jamoasi ixtiyoriga yetib keldi.

Dushanba kuni Roberto Martines boshchiligidagi jamoa JCH-2026 oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. 41 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda surat joylashtirib, terma jamoa qarorgohiga yetib kelganini ma’lum qildi.

«Mundial» missiyasi boshlandi!» — deb yozdi Ronaldu.

JCH-2026 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichida Portugaliya terma jamoasi Kongo DR, O‘zbekiston va Kolumbiya jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring