«Inter» de Vrey bo‘yicha qaror qabul qildi
Tahririyat
•
•
2
Stefan de Vrey «Inter» bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
Milan klubi 34 yoshli himoyachiga yangi qisqa muddatli shartnoma taklif qildi, deb xabar beradi Fabrisio Romano. Futbolchining amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Ta’kidlanishicha, himoyachida boshqa Yevropa klublaridan ham takliflar bor.
De Vrey 2018 yildan buyon «Inter» safida to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsumda A Seriyada 11 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0