Rashid Gʻofurov: "Bugun oʻyin emas, tsirk boʻldi. Magʻlubiyatning asosiy sababi - maydon"
- Avvalambor raqibni mavsumdagi ilk gʻalabasi bilan tabriklayman. Bu holat biz bilan sodir boʻlgani koʻngilni ranjitdi. Bu oʻyin emas, tsirk boʻldi, desam ham boʻladi. Hafa boʻlmanglar-u, bu maydonda futbol oʻynab boʻlmaydi. Mezbon tomon nima qilib boʻlsa-da, oʻyinni oʻtkazib olsak boʻldi, deyishgan. Shu kungacha "BuxDU" yaxshi maydonlarda raqibini qabul qilib, bugunga kelib
esa ushbu maydonda oʻyin boʻlsa... Bugun shu sababli golgacha oʻyin boʻldi, desak boʻladi. Pala-partishlik koʻp boʻldi. Toʻgʻri bu bahona emas, ular ham shu maydonda futbol oʻynadi. Oʻyini yoʻq jamoa uchun bu ideal stadion, tepsa kirib ketaveradigan. Oʻyin borasida boshqa hech qanday taassurot gapirib bera olmayman. Bunday maydonlarda biz oʻz rejalarimizni amalga oshira olmaymiz.
- Siz oʻyini yoʻq jamoa deyapsiz, shunda "BuxDU" futbol oʻynamasdan yutdimi?
- Raqiblar vaziyat yaratishmadi, bizning xatolardan foydalandi, ya'ni, toʻp bilan boʻlayotganda yiqilish, maydon sifati sababli pas berib... Bu maydonda toʻpni ushlab turib boʻlmaydi.
- Axir bu erda Superliga oʻyinlari boʻladi.
- Eshitishimcha shu sababli ikkinchi davradan Superliga oʻyinlari bu erda boʻlmaydi. Rostmi yoki yolgʻon buni bilmayman. Proliga uchun qilgandirda.
- Demak magʻlubiyatning asosiy sababi - maydonning notekisligida?
- Ha, shunday. Bizni yaxshi maydonda har tomonlama magʻlub etishsin, gap boʻlishi mumkin emas. Bu bilan "BuxDU"ni kamsitmoqchi emasman, balki ularning ham rejalari oʻxshamagandir.
Manba: championat.asia
Izohlar 0