"Qizilqum"ning yana bir futbolchisi "Istiqlol"ga oʻtdi
Tajribali legioner joriy yilning yozgi transfer oynasi vaqtida navoiyliklar safini rasman tark etdi va Dushanbening "Istiqlol" klubi bilan oʻzaro kelishuvga erishdi.
Ukrainalik markaziy hujumchi "Qizilqum" tarkibida jami 12 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, oʻz hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmani yozdirib qoʻyishga muvaffaq boʻldi.
Qayd etish joizki, bu Navoiy klubining Tojikiston jamoasiga yoʻl olgan dastlabki vakili emas. Avvalroq "Qizilqum"ning yana bir oʻyinchisi Alisher Shukurov ham aynan "Istiqlol" klubi tarkibiga transfer qilingan edi. Shu tariqa, qoʻshni davlatning amaldagi chempionlari Oʻzbekiston Superligasida toʻp ntggan legionerlar va mahalliy futbolchilar hisobiga oʻz chiziqlarini kuchaytirishda davom etmoqda.
Manba: championat.asia
Izohlar 0