Fidbol.net

"Qaldirgʻochlar" tarsaki egan kun: "Buxoro"ning "Bunyodkor" ustidan uydagi soʻnggi gʻalabasi

Tahririyat 4
"Qaldirgʻochlar" tarsaki egan kun: "Buxoro"ning "Bunyodkor" ustidan uydagi soʻnggi gʻalabasi

Ilyos Zeytullaev boshchiligidagi "Bunyodkor" jamoasi safarda "Buxoro" bilan kuch sinashadi. Koʻhna shahar jamoasi shu kungacha mezbon sifatida Toshkent klubi bilan 16 bor toʻqnash kelgan. Bu oʻyinlarda buxoroliklar 9 bor magʻlub boʻlgan, 6 ta bellashuvda murosa koʻchasini tanlagan va 1 bor gʻalabani tantana qilgan. Mazkur tarixiy gʻalaba 2017 yilgi mavsumda qayd etilgan boʻlib, unda Ulugʻbek Bakaev Qosimov boshqarayotgan "qaldirgʻochlar"ni 4:2 hisobida dogʻda qoldirgan.

19:00 - “Buxoro” (Buxoro) – “Bunyodkor” (Toshkent) 4:2

Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), R. Abduvaxidov (Qarshi)

Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

OʻzPFL vakili: B. Haydarov.

Gollar: Nurillo Toʻxtasinov 22 avtogol, - 1:0. Ivan Nagaev 25, - 2:0. San'at Shixov 36, - 3:0. Dostonbek Hamdamov 65, - 3:1. Nozim Umurov 79, - 4:1. Vadim Chemirtan 90+3, - 4:2.

"Buxoro": Erkin Jabborov, Bobirjon Omonov, San'at Shixov, Artyom Filiposyan, Alisher Shogʻulomov (Nozim Umurov, 60), Shoxrux Gadoev, Zohir Pirimov, Rabbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Vladimir Baenko, Ivan Nagaev.

Zaxira: Akmal Tursunboev, Elbek Ravshanov, Suhrob Ne'matov, Ivor Veytser, Bahriddin Vahobov, Mirjalol Jumaev

"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, Javlon Ibrohimov, Shaxzodbek Nurmatov, Eldor Shomurodov (Vadim Chemirtan, 59), Dostonbek Hamdamov, Nurillo Toʻxtasinov (Farrux Ikromov, 41), Dilshod Ahmadaliev, Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov (Sardorbek Azimov, 75).

Zaxira: Dilshod Hamroev, Javlon Mirabdullaev, Davronbek Umirov, Xurshid Gʻiyosov

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring