Fidbol.net

«PSJ» UYEFA Superkubogi oldidan qo‘shimcha kiyinish xonasiga ega bo‘ladi

Tahririyat 5
«PSJ» UYEFA Superkubogi oldidan qo‘shimcha kiyinish xonasiga ega bo‘ladi

Frensiyaning «PSJ» klubi vakillari UEFA Superkubogi o‘yini oldidan Zalsburgdagi stadion sharoitlaridan norozilik bildirishdi. «Aston Villa» «Red Bull Zalsburg»ning maydon egalari uchun mo‘ljallangan kiyinish xonasidan foydalanadi, «PSJ»ga esa unchalik keng bo‘lmagan mehmonlar kiyinish xonasi tegishi kerak edi.

BBC Sport ma’lumotiga ko‘ra, ushbu masala dushanba kuni UEFA bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ko‘tarilgan. Parijliklar «Aston Villa»niki bilan bir xil hajmdagi xonaga ega bo‘lishni xohlashgan. Natijada UEFA ularga odatda rasmiy shaxslar foydalanadigan qo‘shimcha xonani ajratdi. Shu bilan birga, Luis Enrike jamoasi sabab UEFA vakillaridan hech kimni boshqa xonalarga ko‘chirishga to‘g‘ri kelmasligi ta’kidlanmoqda.

Parijliklar ushbu o‘yinga Chempionlar ligasi g‘olibi maqomida yaqinlashmoqda. May oyida jamoa turnir finalida «Arsenal»dan ustun kelgan edi. «Aston Villa» esa «Frayburg»ni mag‘lub etib, Yevropa ligasida zafar kuchdi va bu sovrin klub uchun so‘nggi 30 yildagi birinchisi bo‘ldi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring