Fidbol.net

Postekoglu Ronalduning faoliyatini yakunlashidan oldingi bosh maqsadini aytdi

Tahririyat 2
Postekoglu Ronalduning faoliyatini yakunlashidan oldingi bosh maqsadini aytdi

"Menga buyuk futbolchilar bilan ishlash baxti nasib etgan va shaxsiyatining turidan qat'i nazar, ularning barchasi bir xil fazilatlarga ega.

Ularning barchasi juda yuqori motivatsiyaga ega va bor e'tiborini qaratgan. Odamlar: "Ularni qanday boshqarasiz?" deb soʻrashadi. Bu klubning sobiq murabbiylaridan biri ta'kidlaganidek: ba'zida odamlar shunchaki oʻzini buyuk deb hisoblaydiganlarga qaraganda haqiqiy buyuk futbolchilar bilan ishlash ancha osonroq ekanini tushunishmaydi. Chunki buyuk futbolchilar tinimsiz mehnat qilishadi. Ular motivlashgan. Ular toʻgʻri ish tutishadi. Murabbiy va menejer sifatida esa sen: "Men ham shuni xohlayman", deb oʻylaysan.

Buni his qilish mumkin: Ronaldu hamon juda motivlashgan, unda hamon juda aniq maqsadlar bor, u 1000 ta gol urishga juda yaqin va bu ajoyib hodisa boʻladi", — deydi Postekogluning soʻzlarini ESPN.

Avvalroq Ronaldu boʻlajak mavsum uning faoliyatidagi oxirgisi boʻlishi mumkinligini aytgan edi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring