Portugaliyada Mbappe «Oltin to‘p»ni olishi kerak deb hisoblashmoqda
«Braga»ning sobiq o‘yinchisi Fernando Aleshandre kim «Oltin to‘p» egasi bo‘lishi kerakligi haqidagi savolga javob berdi.
«Kim «Oltin to‘p»ni yutishi kerakligini hal qilish jo‘n masala emas. Jamoaviy yutuqlar ta’sir ko‘rsatishi kerakligiga aslo qo‘shilmayman. Axir biz dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi haqida gapiryapmiz-ku. Men sovrinni Mbappega topshirgan bo‘lardim, u dunyoning eng kuchli ligalaridan birida o‘ynaydi va hech qanday sovrin yuta olmagan bo‘lsa-da, Fransiya terma jamoasi uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi», — dedi Aleshandre.
Avvalroq The Independent nashri 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun kurashda favoritlar reytingini e’lon qilgan edi. Nagradoga asosiy da’vogar sifatida «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri ko‘rsatilgan.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0