Fidbol.net

Polymarket foizlarda "Oltin toʻp" — 2026 asosiy da'vogarlarining imkoniyatlarini baholadi

Tahririyat • • 3
Polymarket foizlarda "Oltin toʻp" — 2026 asosiy da'vogarlarining imkoniyatlarini baholadi

Jahon futbolidagi bosh individual mukofotga jami 30 nafar futbolchi nomzod qilib koʻrsatilgan. Gʻolib 26 oktyabr kuni Londondagi maxsus marosimda e'lon qilinadi.

Manba ma'lumotlariga koʻra, sovrin uchun ikki asosiy da'vogar — "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal hamda "Bavariya" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Garri Keyn hisoblanadi. Ularning gʻalaba qozonish ehtimoli 44% va 42% ga baholanmoqda. Reytingda keyingi oʻrinlarni 2026 yilgi jahon chempionati finalchisi, Argentina terma jamoasi a'zosi Lionel Messi (5%) va "Real" hamda Frantsiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe (5%) egallab turibdi.

Polymarket talqiniga koʻra "Oltin toʻp" — 2026 uchun top-7 da'vogarlar (28 sentyabr holatiga):

1. Lamin Yamal — 44%.

2. Garri Keyn — 42%.

3. Lionel Messi — 5%.

4. Kilian Mbappe — 5%.

5. Rodri — 3%.

6. Xvicha Kvaratsxeliya — 1%.

7. Usman Dembele — 1%.

Manbaga koʻra, qolgan 23 nafar da'vogarning nominatsiyada gʻalaba qozonish ehtimoli 1% dan kamni tashkil etadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring