"Bu juda uzoq vaqt oladi". "Manchester Siti"da APL chiqargan qarorga munosabat bildirishdi
Tahririyat
•
•
4
Rahbar klub qoʻyilgan ayblovlarning katta qismi boʻyicha aybdor deb topilganidan soʻng ushbu ish haqida fikr bildirdi.
Jurnalist Ben Yakobsning X ijtimoiy tarmogʻidagi ma'lumotiga koʻra, Soriano Kopengagenda boʻlib oʻtgan Evropa klublari rahbarlari kengashi yigʻilishida oʻz tashabbusi bilan ushbu mavzuni koʻtargan. Boshqa Evropa jamoalari funktsionerlari oldida chiqish qilar ekan, Soriano ishtirokchilarni ushbu misli koʻrilmagan ish boʻyicha surishtiruv "yana juda uzoq vaqt olishi" haqida ogohlantirdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq APL "shaharliklar"ni bir necha mavsum davomida sodir etilgan moliyaviy qoidabuzarliklarning 115 ta punktidan 114 tasida ayblagan edi.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0