"Paxtakor" murabbiyi Emiliano Karas: "Yigitlar bugun maydonda "parvoz" qilishdi"
"Hissiyotlar juda ijobiy. Oʻyinni toʻliq nazorat qildik. Koʻproq gol urishni istagandik, lekin gol ham oʻtkazib yubormadik. Etarlicha vaziyatlar yaratdik. Bugun maydonda butun jamoa oʻzini yaxshi namoyish etdi. Muxlislarga ham rahmat", - dedi Emiliano Karas bugungi bahs haqida.
- "Paxtakor" nega chempionat bahslarida ham mana shunday yorqin oʻyin namoyish eta olmayapti?
- Biz ham shu haqda oʻylayapmiz. Yigitlarning ruhiy holati ustida ishlayapmiz. Ular futboldan rohatlanishi kerak. Koʻplab ochkolarni yoʻqotdik. Umid qilamanki, bugungi gʻalaba futbolchilarga yanada koʻproq ishonch beradi. Har bir futbolchi maksimum darajasida oʻynashi kerak. Endi keyingi bahs haqida oʻylashimiz kerak. Superligadagi raqiblar "Paxtakor"ga qarshi 200%ga oʻynashadi. Maqsadimiz har bir oʻyinda gʻalaba qozonish.
Doston Hamdamovga savol
- Terma jamoaga yana qayta chaqirilishingizga qadar faoliyatingizda pasayish kuzatilayotgandek edi. Jahon chempionatidan soʻng ancha yorqin oʻyin namoyish etyapsiz. Namoyish etayotgan yorqin oʻyingizda Fabio Kannavaroning qanchalik mehnati bor yoki boshqa bir sabab bormi?
- Men bu fikrga qoʻshilmayman. Mashgʻulotlarda har doim jamoamga yordam berishga harakat qilaman. Oʻyin uslubim avvalgi murabbiylarga mos tushmagandir. Kannavaro esa meni terma jamoaga chaqirdi. Men oʻzimni yaxshi namoyish etdim va terma jamoadan chaqiruv oldim. Balki oʻtgan mavsumlar davomida oʻyinimda pasayish kuzatilgandir, ammo bu yakunda foydali boʻldi.

- Ayman Hussayn bugungi oʻyinga qanchalik tayyor edi?
- U hali eng yaxshi sport formasida emasligini oʻzi ham tan oldi. U 75 daqiqa davomida maydonda edi va oʻzini yaxshi namoyish etdi. Hozirgi kunda ikkita hujumchimiz bor. Ayman har bir oʻyinda yaxshilanib boradi degan umiddaman. U bunga qadar individual tarzda shugʻullanib kelgan edi. Lekin individual mashgʻulot bilan oʻyindagi amaliyotning farqi juda katta.
- "Paxtakor" joriy mavsumda hech qaysi bir raqibni yirik 3:0 hisobida magʻlub etmagan edi. Bu nima bilan bogʻliq? Raqib bugun shunchalik ojiz edimi?
- Raqib haqida gapirish notoʻgʻri. Har bir jamoa oʻzi haqida fikr bildirishi kerak. "Al Hussayn" hali chempionatni boshlagani yoʻq. Shuningdek, 9ta yangi futbolchi bor. Ushbu ikkita jihat ularning zarariga ishladi deb oʻylayman. Shunga qaramay, futbolchilarimizning bugungi ajoyib oʻyini ta'kidlashimiz kerak. Ular bugun maydonda "parvoz" qilishdi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0