OʻzPFL Boymurodov, Kapadze, "Soʻgʻdiyona", "Gʻazalkent"ni jarimaga tortdi
Superliga
“Nasaf” - “Navbahor”
Superliga 11-turi doirasidagi “Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra “Navbahor lochinlari” futbol klubi bosh murabbiyi Temur Kapadze Superliga reglamentining 22.10-bandini buzgani, ya'ni ushrashuv qaydnomasiga hakamlik yuzasidan e'tiroz kiritmasdan turib uchrashuvdan soʻng jamoa bosh murabbiylari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida “Championat.asia” saytiga hakamlar xatti-harakati boʻyicha oʻz etirozlarini bildirib intervyu bergani, bu bilan hakam qaroriga shikoyat berish tartibini buzgani aniqlandi.
Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “Navbahor” futbol klubi murabbiyi Temur Kapadzega nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.
Oʻzbekiston Kubogi
“Olimpik-MobiUZ” – “Mash'al”
Oʻzbekiston kubogi 1-turi doirasidagi “Olimpik-Mobiuz” – “Mash'al” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Mash'al” futbol klubi futbolchisi Mahmud Joʻraboev toʻpsiz vaziyatda raqib jamoa futbolchisining yuziga boshi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.
Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Mash'al” futbol klubi futbolchisi Mahmud Joʻraboevga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish(diskvalifikatsiya) hamda jarima intizomiy choralari qoʻllanilsin.
Jayxun – Qizilqum
Oʻzbekiston kubogi 1-turi doirasidagi “Jayxun” – “Qizilqum” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 83-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Akmaljon Muzaffarov toʻpsiz vaziyatda raqib jamoa futbolchisining yuziga qoʻli bilan zarba bergani uchun qizil kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.
Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Akmaljon Muzaffarovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizomiy jazo chorasi qoʻllanilsin.
Soʻgʻdiyona – Olimpik-MobiUZ
Oʻzbekiston kubogi 3-turi doirasidagi “Soʻgʻdiyona” – “Olimpik-Mobiuz” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 88-daqiqasida “Olimpik-Mobiuz” futbol klubi rasmiysi Andrey Miklyaev yordamchi hakam sha'niga nomaqbul soʻzlar ishlatib, haqorat qilgani uchun qizil kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.
Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 63-moddasiga asosan “Olimpik-Mobiuz” futbol klubi rasmiysi Andrey Miklyaevga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) hamda jarima intizomiy choralari qoʻllanilsin.
Oʻzbekiston kubogi 3-turi doirasidagi “Soʻgʻdiyona” – “Olimpik-Mobiuz” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra “Soʻgʻdiyona” mezbonligida oʻtgan baxsda stadion internet bilan ta'minlamagani, ushbu holat stadionga tashrif buyurgan Koʻchma Television Stantsiya (KTS) uchrashuvni toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatib bera olmaganiga sabab boʻlgan holat aniqlandi.
Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “Soʻgʻdiyona” futbol klubiga jarima intizomiy jazosi qoʻllansin.
“Kattaqoʻrgʻon” – “Surxon”
Oʻzbekiston kubogi 1-turi doirasidagi “Kattaqoʻrgʻon” – “Surxon” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra “Kattaqoʻrgʻon” futbol klubi uchrashuv komissari uchun belgilangan kompyuter va printer soz holatda emasligi, kompyuter va printer ishlamay qolgani uchrashuv komissarining faoliyatiga ta'sir koʻrsatgani va yakunda ushbu holat uchrashuvni kech boshlanishiga sabab boʻlgani aniqlandi.
Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 73-moddasiga asosan “Kattaqoʻrgʻon” futbol klubiga jarima intizomiy jazosi qoʻllansin.
Oʻzbekiston kubogi 1-turi doirasidagi “Kattaqoʻrgʻon” – “Surxon” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuv tugagandan soʻng “Surxon” futbol klubi futbolchisi Otabek Boymurodov sportchiga xos boʻlmagan xatti-harakati, ya'ni, “Surxon” futbol klubi muxlislari bilan tortishib qolib, muxlislarga qarata qoʻl ishoralarini koʻrsatib, haqoratli soʻzlar ishlatgani va tartibsizlik keltirib chiqargani aniqlandi.
Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 68-moddasiga asosan “Surxon” futbol klubi futbolchisi Otabek Boymurodovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.
Pro liga
“Gʻazalkent” – “TerDU”
Proliga 7-turi doirasidagi “Gʻazalkent” – “TerDU” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvdan soʻng Bunyodkor stadionining CIPsektoridagi muxlislar maydonga qarata turli buyumlar, xususan, elim idishlarni uloqtirgani aniqlandi.
Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 79-moddasiga asosan “Gʻazalkent” futbol klubiga jarima intizomiy jazosi hamda “Gʻazalkent” futbol klubining kelgusi bitta uy uchrashuvida stadionning CIP, 1A, 1B, 1C va 1D sektorlariga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qoʻyish intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.
Proliga 7-turi doirasidagi “Gʻazalkent” – “TerDU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 90+2-daqiqasida “TerDU” futbol klubi futbolchisi Ulugʻbek Oʻrinboev oʻyin vaqtini sun'iy ravishda choʻzganligi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.
Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “TerDU” futbol klubi futbolchisi Ulugʻbek Oʻrinboevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.
“Respublika FA” – “Lochin”
Proliga 7-turi doirasidagi “Respublika FA” – “Lochin” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Lochin” futbol klubi futbolchisi Sardorbek Saidov hakamning qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.
Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Lochin” futbol klubi futbolchisi Sardorbek Saidovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.
“Jayxun” – “Metallurg”
Proliga 7-turi doirasidagi “Jayxun” – “Metallurg” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 18-daqiqasida “Jayxun” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Umrzaqov hakamning qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.
Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Jayxun” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Umrzaqovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.
“Aral” – “Yaypan”
Proliga 7-turi doirasidagi “Aral” – “Yaypan” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 28-daqiqasida mehmon jamoa futbolchisi A.Abdurashidov avtogol qayd etgani, stadion suxandoni avtogol muallifini stadionda e'lon qilib, bir necha bor takrorlagani, stadion suxandonining mazkur harakatlari raqib jamoa vakillariga nisbatan provokatsion tus kasb etgan boʻlib, bu oʻz navbatida stadiondagi muhit keskinlashishiga, tartibsizlik yuzaga kelishiga hamda raqib jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilarining e'tiroz bildirishiga sabab boʻlgani aniqlandi.
Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “Aral” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.
Manba: championat.asia
Izohlar 0