Oʻrunov qishda klubini almashtirishi mumkin
Ma'lum boʻlishicha, Torabi tizzasidan jiddiy jarohat olgan va unda xochsimon paylarning uzilishi gumon qilinmoqda. Agar eronlik futbolchi jarrohlik stoliga yotsa, mavsumning ikkinchi yarmini toʻliq oʻtkazib yuboradi. Natijada, "Traktor" jamoasi qishki transferlar oynasida chap qanot vingeri oʻrnini toʻldirishga majbur boʻladi va bu pozitsiyaga aynan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Oston Oʻrunov asosiy nomzod sifatida koʻrilmoqda.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining ta'kidlashicha, oʻzbekistonlik yulduzning agenti "Traktor" klubi rahbariyati bilan juda yaqin aloqalarga ega. Bu esa yaqin oylar ichida Oʻrunovning "Persepolis"dan Tabriz jamoasiga koʻchib oʻtishi va jarohat olgan Torabining oʻrnini egallashi ehtimolini sezilarli darajada oshirmoqda.
Eslatib oʻtamiz, "Traktor" klubida oʻzbekistonlik yana bir futbolchi Odil Hamrobekov toʻp tepadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0