Fidbol.net

Olis masofadan darvoza toʻqqizligini poylagan xavbek, dubl qayd etgan hujumchi. Proligada 13-turning eng yaxshilari aniqlandi

Tahririyat 6
Olis masofadan darvoza toʻqqizligini poylagan xavbek, dubl qayd etgan hujumchi. Proligada 13-turning eng yaxshilari aniqlandi

Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.

Tur murabbiyi — Ne'matilla Qutiboev (“Aral”)

Proliga etakchisi “Aral” ortda qolgan turda oʻz maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasini mehmon qilib, minimal gʻalabaga erishdi — 1:0. Bellashuvda mezbonlar ancha ishonchli va mazmunli oʻyin koʻrsatishdi. Bunda bosh murabbiy Ne'matilla Qutiboevning oʻrni katta. Championat.asia sayti xuddi oʻtgan turdagi kabi aynan Qutiboevni eng yaxshi murabbiy sifatida e'tirof etdi.

Pro liga eng yaxshi murabbiy kopiya (9).jpg

Tur futbolchisi — Abdurahmon Abdullaev (“Gʻazalkent”)

“Gʻazalkent” bu turda oʻziga tengdosh jamoa Respublika FA bilan bahs yuritib, raqib darvozasiga naqd 7 ta toʻp kiritdi (7:0). Uchrashuvda hujumchi Abdurahmon Abdullaev katta sahnaga chiqib, dublni rasmiylashtirdi. Aynan uning sa'y-harakatlari evaziga “Gʻazalkent” ham penalti ishladi, ham raqib futbolchisi qizil kartochka oldi. Shu tariqa, Championat.asia xodimlari aynan Abdullaevni tur futbolchichi deb topishdi.

Pro liga eng yaxshi futbolchi kopiya (8).jpg

Tur darvozaboni — Ozodbek Ma'rupov (“Yaypan”)

"Yaypan” bu turda “Lochin” bilan 0:0 oʻynadi. Yaypanliklar posboni Ozodbek Ma'rupov bahs mobaynida bir qator vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan asradi va darvozani “quruq” saqladi. Shunday qilib, jamoasi magʻlubiyatga uchramasligida katta hissa qoʻshgan Ma'rupov Championat.asia ijodkorlari talqinida 13-turning eng yaxshi darvozaboni boʻldi.

Pro liga eng yaxshi darvozabon kopiya (8).jpg

Tur goli — Behruz Shodmonov (“BuxDU”)

“BuxDU” bu turda “Shoʻrtan” bilan toʻqnash kelib, 2:4 hisobida magʻlub boʻldi. E'tiborlisi, buxoroliklar sardori bahsda dubl qayd etdi. Uning har ikki goli chiroyli chiqdi — birinchisi uzoqdan jarima zarbasi orqali, ikkinchisi olisdan darvoza toʻqqizligiga. Championat.asia sayti ikkinchi golni tur goli sifatida belgiladi. Quyida golni koʻring va zavqlaning.

Pro liga eng Tur goli kopiya (9).jpg

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring