Fidbol.net

Olimjon Abduvasilov - 50 yoshda

Tahririyat 3
Olimjon Abduvasilov - 50 yoshda

Taniqli hakam, marhum Sayfiddin Ermatov bugungi yubilyarimizning futbol hayotida muhim oʻrin tutadi. Jumladan, u kishi “Paxtakor” futbol maktabida Olimjon Abduvasilovga ustozlik qilgan boʻlsa, keyinchalik hakamlikning ham oʻziga xos sir-asrorlarini oʻrgandi.

2006-2024 yillar oraligʻida salkam yigirma yil davomida futbol hakamligi sohasida faoliyat yuritdi. Milliy chempionat va Oʻzbekiston Kubogining eng muhim uchrashuvlarida ishladi. FIFA laysmeni sifatida halqaro bahslarga jalb etildi. Millionlar oʻyinida ortirilgan tajriba evaziga oʻzbek futbol jamoatchiligi orasida yuksak obroʻ-e'tibor ortirdi. Bugungi kunda malakali mutaxassis “Bunyodkor” futbol akademiyasida analitika boʻlimini boshqaryapti.

Fursatdan foydalanib, O.Abduvasilovga mustahkam sogʻliq, uzoq va barakali umr, oilangizga baxt-saodat, xonadoningizga fayz-u baraka, qalbingizga xotirjamlik va hayotingizning har bir kunida ezgulik hamda quvonch hamroh boʻlishini tilaymiz.

Yana koʻp yillar mobaynida Oʻzbekiston futboli ravnaqi yoʻlidagi sharafli mehnatingiz bardavom boʻlsin!

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring