Obi Mikel «Chelsi» muxlislari Xabi Alonsoni kechirmasligini aytdi
«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Jon Obi Mikel londonliklar klubi Xabi Alonso qo‘l ostida qanday o‘ynashi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
«Alonso qanday o‘ynaydi? U 3 ta himoyachi, «4-3-3» yoki «4-4-2» sxemasida o‘ynamoqchimi? Chunki uning «Bayer»da qanday o‘ynaganini bilamiz, u aynan shu sababli muvaffaqiyatga erishgan edi. U «Real»da o‘z tizimini o‘zgartirishga urindi va bu ish bermadi. Agar Alonso «Chelsi» bilan uchta himoyachida o‘ynashni istasa, bu bizning o‘yin uslubimiz emas.
Xuddi shunday vaziyat «Manchester Yunayted»da ham yuz bergan edi. Ruben Amorim u yerga keldi va hamma 3 ta himoyachida o‘ynash «Manchester Yunayted»ning uslubi emasligini aytdi. «Siz o‘zgarishingiz kerak. Hujumkor futbol o‘ynashingiz kerak», deyishdi. Endi Xabi Alonso «Chelsi» bilan ham xuddi shu narsani qilmoqchimi? Men «Chelsi» muxlislarini bilaman, agar siz 3 ta himoyachi bilan o‘ynasangiz va hayajonli futbol ko‘rsata olmasangiz, ular buni qabul qilishmaydi», — dedi Obi Mikel o‘z podkastida.
Eslatib o‘tamiz, Antonio Konte «Chelsi»da 3 ta himoyachi sxemasida o‘ynagan va «ko‘klar» bilan Angliya chempionati hamda Angliya Kubogini qo‘lga kiritishga erishgan edi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0