Fidbol.net

Noyer: «Hech narsa 100% aniq emas»

Tahririyat 3
Noyer: «Hech narsa 100% aniq emas»

«Bavariya» sardori Manuel Noyer joriy mavsum yakunida faoliyatini tugatishini tasdiqlamadi. Bu haqda Bavarian Football Works xabar bermoqda.

Avvalroq 40 yoshli nemis myunxenliklar klubidagi so‘nggi mavsumini o‘tkazadi, deb taxmin qilingan edi. So‘nggi intervyusida Noyer yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini aytdi.

«Yo‘q, hech narsa 100% aniq emas. Ehtimol juda yuqori bo‘lsa-da, bu hali toshga o‘yib yozilmagan», - dedi Noyer.

Noyer 2011 yildan beri «Bavariya»da o‘ynab kelmoqda. So‘nggi yillarda klub Yonas Urbig timsolida asta-sekin unga o‘rinbosar tayyorlamoqda.

2025 yilda Noyer Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi, ammo keyinchalik milliy terma jamoaga qaytib, JCH-2026da ishtirok etdi. Endi muvaffaqiyatli ishtirok etgan taqdirda, faxriy futbolchi faoliyatini 2027-28 yilgi mavsumda ham davom ettirishi istisno qilinmayapti.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring