Nikolas Jeksonga Ispaniyadan jamoa topildi
Tahririyat
•
•
4
Manbaga koʻra, Madrid klubining sport direktori Mateu Alemani payshanba kuni Londonga uchib borib, senegallik hujumchining ijara transferini muhokama qilgan.
"Atletiko" hujum chizigʻini kuchaytirish uchun bir nechta variantni koʻrib chiqmoqda, ammo Jekson nomzodi ustuvor hisoblanmoqda.
Madridliklar transfer amalga oshgan taqdirda, "Chelsi" futbolchining maoshining bir qismini toʻlashda davom etishiga umid qilmoqda.
COPE ma'lumotiga koʻra, "Chelsi" ham, Nikolas Jeksonning oʻzi ham futbolchining Madrid klubiga oʻtishi variantiga ijobiy munosabatda.
Jekson oʻtgan mavsumni ijara asosida "Bavariya" safida oʻtkazgan va Bundesligada 23 ta uchrashuvda 8 ta gol urgan.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0