Neymarning taqdiri ma'lum
Tahririyat
•
•
5
Avvalroq futbolchi boldir mushagidagi jarohatdan soʻng reabilitatsiya jarayonini oʻtayotgani ma'lum boʻlgan edi.
Manbaning xabariga koʻra, agar Braziliya terma jamoasining guruh bosqichi 1-turidan oʻrin olgan Marokashga qarshi oʻyini (14 iyun) arafasida Neymar yaxshi sport formasida boʻlsa, u jamoada qoladi. Aks holda, 34 yoshli forvardning milliy terma jamoa qaydnomasidan chiqarib tashlanish xavfi ortadi.
Hozirgi vaqtda CBF Neymarni tarkibdan chiqarmoqchi emas. Futbolchi jahon birinchiligi startiga qadar tiklanish maqsadida davolanish protokoliga amal qiladi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0