Fidbol.net

Messining jarohat jiddiymi? "Inter Mayami" futbolchining holati haqida ma'lumot berdi

Tahririyat 6
Messining jarohat jiddiymi? "Inter Mayami" futbolchining holati haqida ma'lumot berdi

Argentinalik futbolchi MLS muntazam chempionati doirasidagi "Filadelfiya Yunion"ga qarshi oʻyinning (6:4) 73-daqiqasida zaxiraga olindi. Leo oʻzi zaxiraga olinishini soʻradi va maydonni tark etgach, toʻgʻri kiyinish xonasiga yoʻl oldi.

"Qoʻshimcha tibbiy koʻriklardan soʻng dastlabki tashxis chap tizza osti payidagi mushaklar toliqishi bilan bogʻliq zoʻriqishni koʻrsatmoqda.

Messining jismoniy yuklamalarga qaytish muddatlari uning klinik oʻsishi va funktsional yaxshilanishiga bogʻliq boʻladi", — deyiladi bayonotda.

38 yoshli Messining 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etishi kutilmoqda. Argentina guruhda Jazoir, Avstriya va Iordaniya bilan oʻynaydi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring