Fidbol.net

Myuller Messi bilan qoʻl berib koʻrishayotgan suratini joylashtirdi: "Bu yigit… 🐐"

Tahririyat 12
Myuller Messi bilan qoʻl berib koʻrishayotgan suratini joylashtirdi: "Bu yigit… 🐐"

Tomas Myuller ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Lionel Messiga bagʻishlangan post qoldirdi. Argentina terma jamoasi hujumchisi JCh-2026 1-turida Jazoirga qarshi oʻyinda (3:0) xet-trik qayd etdi. Lionel shu orqali Jahon chempionatlarida urilgan gollar soni boʻyicha germaniyalik Miroslav Klozening rekordini takrorladi.

"Vankuver Uaytkeps"ning germaniyalik yarim himoyachisi MLS chempionatidagi oʻyin oldidan Messi bilan qoʻl berib koʻrishayotgan suratini joylashtirdi. "Bu yigit… 🐐", — deb yozdi Myuller surat ostiga va uni olqishlovchi animatsiya bilan boyitdi. Echki (inglizcha "goat") emodzisi "barcha davrlarning eng buyuk [oʻyinchisi]" ma'nosini anglatuvchi GOAT akronimi oʻrnida ishlatiladi.

image_2026-06-17_13-00-16.png

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring