Fidbol.net

Kongo DR bosh murabbiyi Jahon chempionati guruh bosqichida necha ochko toʻplash maqsadi borligini aytdi

Tahririyat 2
Kongo DR bosh murabbiyi Jahon chempionati guruh bosqichida necha ochko toʻplash maqsadi borligini aytdi

"Futbolda hech narsa oldindan hal qilinmaydi. Ertaga qaysi jamoa favorit va qaysi biri autsayder boʻlishi aniq. Biz autsayder rolida boʻlamiz, ammo bu pozitsiya bizga yoqadi. Musobaqani dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi boshlayapmiz. Shuning uchun bizda ortiqcha bosim yoʻq. Mazkur bellashuv guruhdagi uchta oʻyindan biri xolos. Bizning maqsadimiz – keyingi bosqichga chiqish uchun uch yoki toʻrt ochko toʻplash. Shu sababli bu oʻyinda ham Kolumbiya va Oʻzbekistonga qarshi qanday oʻynasak, shunday intensivlik bilan harakat qilamiz", 49 yoshli frantsiyalik mutaxassis.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring