Iordaniya murabbiyi Sellami 1:3 hisobidan soʻng: "Biz Avstriyani magʻlub eta olmadik, chunki raqib safida "Real" va "Bavariya" oʻyinchilari bor"
Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Jamal Sellami JCh-2026 1-turida Avstriyadan uchralgan magʻlubiyat (1:3) haqida fikr bildirdi. "Menimcha, natija Iordaniya terma jamoasi koʻrsatgan harakatlarni toʻliq aks ettirmaydi, lekin shaxsan men ularning oʻyinidan juda xursandman va faxrlanaman. Hech kim bizdan bunday jasorat, tashabbuskorlik va oʻz imkoniyatlarimizdan foydalanishni kutmagandi. Biz Avstriyani magʻlub eta olmadik, chunki raqib safida "Real" [David Alaba] va "Bavariya" [Konrad Laymer] oʻyinchilari bor", – dedi Sellami matbuot anjumanida.
Laymer va Alaba oʻyinda samarali harakatlar bilan ajralib turishmadi. "Real" himoyachisi oʻyinning 59-daqiqasida zaxiraga olindi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0