Fidbol.net

MYu yarim himoyachisi: "Maydonda Kerrik uchun jon fido"

Tahririyat 16
MYu yarim himoyachisi: "Maydonda Kerrik uchun jon fido"

Angliyalik mutaxassis bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri "qizil iblislar" Premer-ligadagi 14 oʻyindan 10 tasida gʻalaba qozondi. Hozirda mankunianlar turnir jadvalida uchinchi oʻringa joylashgan.

"Mavsumni oʻzgartira olganimizdan xursandman. Barcha futbolchilar va murabbiy hurmatga loyiq. Kerrik bunda katta rol oʻynadi, u futbolchilarda oʻziga boʻlgan ishonchni oshirdi. Uning ortidan ergashging, u uchun kurashging, maydonda u uchun jon fido qilging keladi", – dedi yarim himoyachi.

"Liverpul" ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozongan "qizil iblislar" 2026/2027 yilgi mavsum uchun Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring